Пн. Мар 17th, 2025
    qisqichbaqa burji

         Qisqichbaqa burchi (22 iyundan   22iyulgacha) 

    Umumiy tarif:  Bu muchal sohiblari juda ochiqko’ngil, sezgir va hayolparasdirlar. Bu odamlar atrofidagilarga g’alati va tushunarsiz ko’rinishadi.

    »Qisqichbaqa»   xushchaxchaqligi bilan boshqa muchal sohiblaridan ajralib turadi. Yo’q, u o’ta xushchaqchaq odam emas, shunchaki bosiq va tasirchan, xolos. Ular »tabiat» -dagi ishonchsizlik, xavfsirash tufayli ham buyuklikka  intilmaydilar. Shuningdek istamaydilar ham.

    »Qisqichbaqa» lar ko’pincha yolg’izlikni yoqtiradilar. Ularni salgina etiborsizlik, beparvo nigohingiz bilan ham hafa qilib qo’yishingiz hech gap emas. Bu muchal sohiblarinning hisiyotlari shu qadar kuchliki, kayfiyatlari bahtiyor sizga ham tasir qiladi. Shuning uchun ko’pgina ruxiy tasirlovchilar shu muchal sohiblaridir.

    »Qisqichba»lar sir saqlashni udalaydilar. Ularning hayollariga kirib borish qiyin, chunki  »Qichqichbaqa» o’z sirlarini, orzu-umidlarini doimo begona ko’zdan asrab yashaydilar. Ular o’z hayollari haqida gapirishni yoqtirmaydilar.

    Muchal sohiblari o’z uylarini juda sevadilar, o’z uyidan boshqa hech qayerda o’zlarini erkin his eta olmaydilar. Ular suvni jon dildan xush ko’radilar.

    Ularni kop’incha ko’krak qafasi,  tizza,  jigar  ,shuningdek,  bosh og’riq,  oshqozon va boshqa hazm qilish azolari dardi bezovta qilib turadi.  »Qisqichbaqa» larning kasal bo’lishlari ham,  tuzalib ketishlari ham shaxsiy kechinmalari va kayfiyatga bog’liq.

    Pul jamg’arish muchal sohiblarining sevimli mashg’ulotlari. Nonko’rlikni yomon ko’radilar, shuning uchun ularnikida mehmon bo’lganingizda kosangizdagi ovqatni oxirigacha yesangiz uning ko’ngli ko’tariladi. Ular bolalariga juda mehribondirlar.

    Erkaklar.  Bu muchal sohibining kayfiyati o’zgaruvchandir.  Hozirgina kulib,   xushchaqchaq kayfiyatda o’tirgan odam bir daqiqaning o’zidayoq indamas, jiddiy,  hayolchan kishiga aylanadi.

    Agar   »Qisqichbaqa»  sevsa,  uning xavsirashi yanada ortadi.  Chunki u sevgisini yo’qotib qo’yishdan juda-juda qo’rqadi.  Shunday paytlarda siz unga dalda bo’lishingiz,  ko’nglini ko’tarishga harakat qilishingiz kerak.

    Hayotingiz davomida har qanday qiyinchiliklarga, to’siqlarga duch kelishingiz mumkun, ammo iqtisodiy tomondan sirayam kam bo’lmaysiz.  Chunki  »Qisqichbaqa» pul topish yo’llarini yaxshi biladi.  Chunki yoshlikdan bunga qiziqadi.

    »Qisqichbaqa» sizga arzon kiyim olgandan ko’ra, qimmat chiroyli, qulay va ko’pga chidaydiganidan olishni afzal biladi. Ko’pincha u sizga:  »bugun juda bo’yanib olibsanmi, nima keragi bor, mening onam sendayligida tabiy go’zal edi», »Shuni ham sotib oldingmi,  onam har qanday shirinlikni o’zi pishirar edilar», deb sizni ranjitsa-da ,u sizdan qo’lingizdan kelmaydigan ishni talab qilmaydi.

    »Qisqichbaqa» ajoyib otadir.  U bolalarni juda sevadi, o’g’illari bilan faxrlansa, qizlarini tish-tirnog’i bilan himoya qiladi,  garchi farzandlariga xush kelmasa-da, ular bilan bir umr birga bo’lishni istaydi.

    Ayollar. U muloyim yo qiziqonmi buni hech qachon bila olmaysiz. Ammo u qanday holatda bo’lsa, sizga ham tasirini ko’rsatadi. Ayol — »Qisqichbaqa» lar oqshom  —  oy chiqanda butunlay boshqacha bo’lib qoladi. U tanqidni ko’tara olmaydi,  shuningdek, ko’pchilikni orasida izza bo’lib qolgudek  bo’lsa, xo’rlikka chiday olmay davradan chiqib ketishi mumkin.

    Uning onasi bilan ham, albatta, yaxshi munosabatda bo’ling, »Qisqichbaqa» onasini hafa qilgan odamni bir umr yomon ko’radi va o’ch olish uchun qulay vaziyatni kutib yashaydi.

    »Qisqichbaqa» ayollning »men unchalik chiroyli emasman, men u qadar yosh emasman, men aqlli emasman» degan gaplaridan zerikishingiz mumkin. Bunday paytlarda iloji boricha o’zingizni tuting. U sizni sevganidan va yo’qotib qo’yishidan qo’rqadi.

    Bu ayol qiyinchilikka tushib qolsa ko’p yig’laydi, ammo sabr — toqat bilan hammasining o’tib ketishini kutadi. U o’z sevgisi uchun qurbon bo’lishga ham tayyor. Siz uni tashlab ketishingiz mumkin, ammo ertami — kech yana ortingizga qaytasiz. Chunki siz uchun undan ham yaxshiroq ,undan ham go’zalroq, undan ham aqlliroq ayol yo’q dunyoda.

     

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *