Пн. Мар 17th, 2025
    xo'roz yili

                       XO’ROZ  (TOVUQ) YILI

    Bu yilda tug’ulgan odamlarga jasur va dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o’z ishiga jon dillari bilan berilishadi. Qurblari yetmasa ham, har qanday majburyatni bajarishga tirishadi. Mobodo muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, dillari judayam siyoh bo’ladi. Nima   o’ylasalar, shuni ro’y- rost gapiradilar. Bu esa, ko’pincha, ularning haddan tashqari tog’ri so’zligidan o’zini chetga tortuvchilar bilan to’qnashuvga olib boradi. Savlat to’kib yurishni yaxshi ko’rishadi, yon-atrofdagilar etibor berishi uchun did bilan kiyinishadilar.Ammo,  aslini olganda,  ular o’zlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaasibdirlar. Odatda, o’zlarini mutlaqo xaqman, deb o’ylashadi, ayni paytda qilayotgan ishlarining mohiyatini  bilishadi.

    O’zlariga bino qo’yishlarining sababi ham shunda. Xaqiqatdan ham, ko’pincha ular haq bo’lib chiqishadi.Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarga ularga nisbatan  qiziqish uyg’otadi. Biroq ularning ko’pchiligi maqtanchoqligi bilan darrov ixlosni qaytaradi. Qo’lidan keladigan ishdan ko’ra, ko’proq gapiradilar. Aksariyat hollarda, ishqiy dilkashliklariga nisbatan, ko’proq yoqimli qiyofalari bilan ko’zga tashlanishadi.

    Bazan dangasalikka moyillik bildirishadi. Lekin, aslida,ularning faol bo’lishi uchun hamma asos bor. Pul ularga o’z-o’zidan kelavermaydi- o’zini taminlash uchun ishlash lozim. Agar ular qatiyat ko’rsatib, o’z dangasaliklarini yenga olsalar, mol-dunyo bilan taminlashadi. Ammo ular dangasaligu orzu-hayollariga berilishni o’zlariga ep ko’rsalar, bu ularning xonahayron bo’lishlariga, obro-etiborlarini yo’qotishga, boshlagan hamma ishlari puchga chiqishiga olib boradi. Ishq-muhabbat bobida hayotlari ancha mashaqatli kechadi, sevgan  kishilarini qo’lga olmoq va qo’ldan chiqarmaslik uchun ko’pdan-ko’p kuch-g’ayrat sarflashadi. Butun hayollari davomida iqtisodiy va sevgi-muhabbat sohasida yaxshi kunlarni ham , yomon kunlarni ham boshdan kechirishadi. Ular kambag’allikdan boylikkacha, yuksak muhabbatidan tubanlikkacha bo’lgan yo’lni bosib o’tishadi. Keksayganlarida baxtli bo’ladi.

    1. a) xo’kkiz, ilon, ajdarho;                                    Muchal sohibi umir yoldosh bo’la oladi
    2. b) sichqon, xo’roz,it, quyon;                             Muchal sohibi do’st bola oladi
    3. v) yo’lbars, ot, maymun, qo’y, to’ng’iz.           Muchal sohibilan kelisholmidi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *