Пн. Мар 17th, 2025
    Yo'lbars yili

                                                          Yo’lbars yili

    Bu muchalda tug’ulganlar hisiyotga beriluvchan, achig’i tez va tartib-intiyozniga roiya qilmaydigan kishilardir. Ular katta yoshdagilar yoki raxbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o’zlarining xaq emasliklarini bilsalar-da, bari bir bahslashishga tayyordirlar.Ularni ko’pincha inqilobchilar, rahnomolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, ko’pincha yaxshi o’ylab ko’rmasdan qaror qabul qilishadi yoki to’g’ri hulosani juda  kech chiqarishadi.

    Agar ular biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o’ylab ko’rish va dono maslahatlarga quloq solishning udasidan chiqa olishsa, katta-katta   muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo’rs va jizzaki bo’lib, ko’zlagan ishlari uchun o’zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning raxbarlari chiqadi.

    Lekin hafli jinoyatchi ham bo’lishi mumkin, chunki tavakkalchillik bilan har qanday faoliyatni yaxshi ko’rishadi. Judayam jo’shqin va kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo extirosli bo’la turib, kamdan-kamlari ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi.Dastlabki hayotlari osuda va halovatli o’tadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalari boshdan kechirishadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlari tinch va hotirjamlik bilan o’tadi. Bular odatda omadli odamlardir.

    1. a) ot, ajdarho, it;                                                                         Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi
    2. b) sichqon, xo’kiz, quyon, yo’lbars, qo’y, xo’roz, to’ng’iz;   Yil sohibi do’st bo’la oladi
    3. v ) ilon, maymun.                                                                        Yil sohibi kelisha olmaydi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *