Quyon yili
Ushbu yilda tavallud topganlar o’ziga xos hislatlarga ega bo’lib, qobilyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va sohovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo’ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo’lib, hatto eng yaxshi hislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g’iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko’rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, hushmuomilalik va extiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo’lganligidan, ular tinchini buzish qiyin.
Ularda haqiqiy hisiyotdan ko’ra, tanqidlik kuchli. Arzimas bohona bilan yig’lashlari mumkin, lekin shu zohotiyoq ovunib qolishadi. Odatda ularning hammasi mutaassib bo’lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqati yo’q. Eng avval badastir va hav-hatarsiz yashashga intilishadi. Oldindan «yaxshi va yomon » tomonlarini chamalab ko’rmaguncha,hech bir ishda qo’l urishmaydi. Garchi, bazan o’taketgan rasmiyatchi bo’lishsada, xalol va o’z so’zlarini ustudan chiqishadi.
Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o’ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko’rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari taxlika ostida qolmasa,istidodli xuquqshunos yoki diplomat ham bo’lishlari mumkin.
Bu muchalda tug’ulgan ayollar did, mehmondo’stlik va yaxshi vakillik talab qiladigan har qanday sohada o’zini ko’rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o’zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomila va hizmatiga shaydirlar, lekin do’stlar manfaatiga hizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo’lishlari oson. Agar ular favqulotdda hodisalarga, fojeali voqealarga, engib o’tib bo’lmas to’siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.
- a) qo’y, to’ng’iz, it; Yil sohibi umir yo’ldoshi bo’la oladi
- b) sichqon, quyon, ajdarxo; Yil sohibido’st bola oladi
- v) xo’roz. Yil sohibi kelisha olmaydi