Arislon burji (23 iyuldan — 23 avgustgacha )
Umumiy tarif. Quyosh hukmronligida bo’lib, ramzi esa Olovga qiyoslanadi. Shuning uchun muchal sohiblari mehribondirlar. Arislon — hayvonot podshosi , Odam »Arislon »lar jamiyatda yetakchilik, raxbarlik sifatlari bilan ajralib turadilar.
Bu muchal sohiblari tor, ko’rimsiz uylarga sig’maydilar. Boshqarishga moyilliklari bilan har qanday joyda, har qanday holatda o’zlarini erkin sezadilar, baxs va munozaralarda ko’pincha qo’llari baland keladi. Ular chiroyli va did bilan kiyinadilar.
» Arislon» yoshi o’tgan sayin bosiqligi va sokinligi bilan yanada ulug’lashib boradi, hech qachon mag’rur boshini egmaydi!Xafli vaziyatlarda »Arislon» to’satdan hamla qilishini va bunday holat ko’proq »Arislon — ayol» larga tegishligini sira unutmang. Katta davralarda »Arislon» hammaning diqqatini o’ziga tortishi yoki bir burchakda qovog’ini solgancha, hech kimga aralashmay o’tirishi bilan ajralib turadi. U juda xurmattalab dir.Mobodo mehmonigiz — »Arislon» ga nisbatan etiborsiz bo’lsangiz, u sizni hech qachon kechirmaydi.
U suhbat chog’ida odamlarda g’alati bir tasurot qoldiradi. »Arislon» maslahat berishni yoqtiradi. Ammo, domlaning aytganini qil, qilganini qilma, deganlaridek, uning hayoti xamisha ham o’rnak bo’ladigan darajada emas. Lekin maslahatlarini inobatga olmasangiz ham xato qilasiz! Negaki uning o’gitlari hafdan ogohlantirish uchun » kuyib — pishadi » .
»Arislon» maqtovni yoqtiradilar, tanqiddan vajoxatlanadilar. Bu muchal sohiblarining orasida turmushga chiqqan yoki bo’ydoqlar umuman yo’q.Chunki »Arislon» sevib, sevilib yashaydi. Sevgi bobida ular aldanishlari mumkin, ammo ezilmaydilar.
»Arislon» lar kuchsiz, himoyasiz odamlarga yordam berishni, kelgan havfga qalqon bo’lishni yaxshi ko’radilar, va bazan -bazan ishlarining ko’pligidan, odamlar hadeb unga yordam so’rab kelaverishlaridan nolisalar ham hech qachon ko’krakdan itarmaydilar. Undan qarz so’rasangiz o’zida yo’q bo’lsa, birovdan olib sizga beradi.Sizda, u sirayam pulsiz yurmaydi degan fikr tug’uladi.
»Arislon»larni ko’pincha isitma bezovta qiladi.Ammo bu muchal sohiblarining hech biri tug’ma kasal bilan og’rimaydilar. ularning yuragi,beli, oyog’i og’rib turadi, lekin og’riq tez o’tib ketadi. ularning bitta kamchigi -o’z sog’liqlariga jiddiy etibor bermaydilar.
Erkaklar. Odatda tabiatan jaxldor va vajohatli bo’lsalar-da, o’z sevgilisi bilan bosiq, muloyim munosabatda bo’ladi. Lekin siz buni yengilish deb tushunmag, yodingizda bo’lsin, u yuragini sizga topshirganda ham hech qachon, hech kimga bosh egmaydi. »Arislon» sevganda mag’rurligicha qoladi.
»Erkak- arislon» pul jamg’ara olmaydi, ayniqsa sevib qolganda! Siz buning oldini olishingiz kerak. U bilan sevishsangiz hayotingiz davomida baxtsizliklar ham bo’lib turadi, ammo siz qo’rmang,yolg’iz emassiz! Bu muchal sohibining rashki juda kuchli . Suhbat chog’ida boshqa yigitlar haqida gapirmang, chunki jaxli tez. U sizga nima kiyish, sochingizni qanday turmaklash ,qanaqa kitoblar o’qish,kim bilan do’stlashish maslahatlar bersa qarshilik qilmang.
Turmush qurgach, uyingizni doimo ozoda, toza chiroyli qilib qo’ysangiz, »Arislon» butun mehringiz bilan parvarishlasangizgina baxtli bo’lasiz. Moddiy qiyinchiliklar tez -tez bo’lib turadi, lekin o’tib ketadi. Faqat siz o’z »Arislon» ningizni qo’llab — quvatlab tursangiz bas.Yengil hayotga , yengil — yelpi ishlarga berilib ketishi mumkin.U go’zal ayolllarni maqtaydi, lekin siz »Arislon» uchun go’zallikda tengi yo’q malikasiz.
»Erkak — Arislon» ishning ko’zini biladi.Turmushda erkak kishi qilishi kerak bo’lgan ishlarni bekamu ko’z bajaradi.
Siz o’zingizni undan doimo bir pog’ona pas tutolsangiz yutasiz. U oilada bolalaringizdan ham ziyod ardoqlanishni istaydi, va bunga arziydi. Ota sifatida esa »Arislon» eng oliyjanob kishidir.
Ayollar. Bu muchal sohibalari jozibali, go’zal g’ururli bo’lganliklari uchun erkaklarning yuragini kuydiradi. Shuning uchun »ayol -Arislon »ni sevish va sevilish sizga qimmatga tushadi. Bu ayol familyasida kasbni ulug’lovchi qo’shimchalari (-boyev, -xojayev, -xonov kabi ) kishilarni hurmat qiladi. Agar shunday qo’shimchasiz familiyali yigit bilan turmush qursa, o’z familiyasida. Shunaqa, xato eng mayda narsalarga ham alohida etibor bilan qaraydi.
U judayam did va mahorat bilan kiyinadi, har tomonlama afzal bo’lishni xush ko’radi. Bu ayol bazida jajalkash, bazida esa bosiq, muloyim bo’lib turadi. O’z sevgilisiga juda talabchan. Agar siz kuchli bo’lmasangiz u sizni seva olmaydi. U sportni sevadi, lekin siz uni sport maydoniga emas, teatrga taklif qilsangiz maqsadga muofiqdir. Eng kam daromat bo’lganda ham »Ayol — arislon » oynalariga chiroyli parda sotib olish va yaxshi kiyinish uchun yetarlicha pul jamg’ara oladi.
Uy bekasi sifatida eng latofatli ayoldir. U hech qachon uyida eski,rangi o’chgan kiyimga pala — partish yurmaydi. O’z bolalarini juda -juda sevadi.