Пн. Мар 17th, 2025
    baliq yili

                                     Ajdarxo (baliq) yili

    Kimdan-kim ushbu yilda tug’ulgan bo’lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo’lib, serg’ayrat va beg’uborlik, pastkashlik, tilyog’lamalik va g’iybat ularga begona. Ishonuvchan va rostgo’ylar, ko’pincha yolg’on-yashin gaplar tufayli o’z tinchligini yoqotadi.Barkamollikka intilish ularni o’ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo’yadi.Ular ko’p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan  ko’ra ko’proq ishni o’zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, tasirchan va dovyurak kishilar bo’lib, ularga bemalol ishonish mumkin.

    Samimiy kishi bo’lib, odatda bildirgan fikr-mulohazalari hamisha asosli bo’ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo’lib, bazan tillariga erk berib yuborishadi. Biroq ularning fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Istedodli,o’qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishga ham muvaffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g’alaba qozonishadi.

    Ular ko’pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o’zlari boshqalarni kamdan-kam xollardagina yoqtirishadi. Xech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog’u alami ularning boshidan kechmaydi. Ammo o’zlari muhabbat majoralariga sababchi bo’lishi mumkin. Bu muchalda tug’ulganlar kamdan-kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, bazilari hatto  umr bo’yi tanxo yashashadi. Biroq bu ular ko’nglini cho’ktirmaydi, aksincha yolg’iz yashaganda ko’proq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni va uzundan-uzun yoqtirishmaydi. Raximdillikka moyil bo’lib, bazan qisqa muddatga bo’lsada,bundan boshqalarning foydalanib qolishga yo’l qo’yishadi. Ko’pchiligining muomilasi og’ir, jinsiy qoniqmaslikdan qiynalib yurishadi. Shoirtabiat jo’shqinliklari tufayli butun umr ko’plab muommolarga sababchi bo’lishadi. Biroq keksayganda baxt-sodatga va barcha istaklarining amalga oshishiga erishadi.

    1. a) sichqon, ilon, maymun, xo’roz;                                     Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi
    2. b) yo’lbars,ot, qo’y, to’ng’iz, ajdarxo;                                Yil sohibi do’st bo’la oladi
    3. v) it.                                                                                          Yil sohibi kelisha olmaydi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *