Baliq burji (19 fevraldan 20 martgacha)
Umumiy tarif. Bu muchalda tug’ulganlar ko’pincha ruhiy azob, xavotir va qayg’u chekadilar. Ularning orasida apparat xodimlari kamdan-kam uchraydi, lekin ijodiy ish bilan shug’ullanuvchi istedodlar ko’p. Ularni molu-dunyo qiziqtirmaydi. Millioner bo’lishga intilishmaydilar, ammo millionerlardek yashashni orzu qiladilar. «Baliq» lar hayotda uchraydigan hodisalarga, voqeylikka befarq qaramaydilar. Balki shuning uchundir ularni biror ishni bajarishga undash befoyda.
Albatta, dunyoqarashi tor, fikrlash qobilyatidan maxrum mavjudod deb baxo bersangiz yanglishasiz. «Baliq» lar ko’proq ushalmas orzular haqida o’ylash bilan band bo’ladilar. Hayotning yomon tomonlariga jirkanch nazar bilan qarashadi. Ularning hotirasi mustaxkam . Agar «Baliq» biror maslahat bergudek bo’lsa, so’zsiz uning gapiga quloq tutishingiz kerak. Ammo ularga suhbatdosh bo’lish qiyin, chunki «Baliq»lar tanqidga dosh bera olmaydilar.Ular orasidan ko’proq haqiqiy istedod egalari yetishib chiqadi.»Baliq»lar ko’proq o’zlari haqida emas, qarindosh-urug’lari, dost-birodarlari haqida tashvishlanib, qo’llaridan kelgancha yordam berishadi. Muhtojlarga yordam berish ularning asosiy maqsadi.
«Baliq» o’z aqli va kuchiga ishonch bilan yondoshmaydilar. Ammo sezishmaydiki, ular o’zlari o’ylaganlaridan ham donoroq va kuchliroqdirlar.
Erkaklar. Tinch va osoyishta hayot kechirishni sevadilar. Ochiqqo’l, mehmondo’st bo’lishiga qaramay, ko’pincha homush yuradilar. Hayolparasliklari tufayli juda ko’p zarar ko’rashadi.
Ular sir saqlashni bilishadiva birovning shaxsiy ishiga aralashishni yoqtirmaydi. Qo’ni-qo’shni-yu, yor-birodarlari maslahat so’rab unga ko’p murojat etishadi. Hatto bazida o’zingiz ham unga barcha qiynoqlaringiz, muvaffaqiyatsizliklaringiz haqida gapirib berish istagida bo’lasiz.
«Baliq» muchalda tug’ulgan erkaklar agar biron bir ishga astoydil qirishsa, albatta buning udasidan chiqadi, aql bilan ish ko’rsa, boylik hamda obro ham ortirishi mumkin.
Agar ular 25 yoshgacha hayot oqimi bo’ylab to’g’ri yo’lga tushib olishsa, keyingi turmushlari havas qilgudek baxtli bo’lib ketadi. Lekin shu yoshgacha ham o’z baxtlarini topa olmasalar qiyinchilik ham qiynalib yashashadi. Bu muchaldagi erkaklar o’z baxtlari uchun kurasha olmaydilar. Siz uni tushunishga harakat qilishingiz, qo’lingizdan kelgancha yordam berishingiz kerak. Chunki u hech qachon birovga yomonlikni ravo ko’rmaydi.
U sizni rashk qilmaydi, hatto bu tuyg’u o’ta alanga olganida ham, o’zini bosiq tutadi. Garchi munosib bo’lmasangiz-da, u sizga nisbatan o’zida ishonch uyg’ota oladi.
Bolalar uni juda ham sevishadi. Chunki u bolalarning barcha tashvishlariga sherik bo’lib, albatta, yordam beradi.
Ayollar. Bu muchalda tug’ulgan ayollar juda gozal va yoqimtoydirlar.Agar siz uni sevib qolsangiz, albatta, ximoya qilishingiz kerak. U juda nazokatli bo’lgani uchun suhbatda bo’lgan har qanday erkak uni yoqtirib qolishi mumkin. Ammo turmush qurgach, u sizdan ko’p narsani talab qilishi turgan gap. Chunki u ayol! U o’zining talablarini sizga moillik bilan bildiradi. Agar siz unga nisbatan qaxrli va qopol muomilada bo’lsangiz, uni bu ayollik latofati tark etib, zaxar va serjaxl bo’lib qoladi.
Uning ichki dunyosi juda boy bo’lsa-da, hayolparastligi sababli ko’rinishdan himoyasiz va nozikday tuyuladi. Pul ishlatishga uquvi bo’lmasa-da,uning oilasi moddiy tanqislikka uchramaydi. Doim yaxshi kiyinib yurishni, ajoyib sovg’alar harid qilishni yaxshi ko’radi va buning udasidan chiqadi.
U ham bolalarni sevadi va hammadan ko’ra yaxshiroq tushunadi. Shuning uchun bolalarni tarbiyalashga xatolikka yo’l qo’yganini sezmay qoladi.
Uning tug’ulgan kunini yoki to’yingiz bo’lgan kunni aslo unutmang. U buni kechirmaydi. U hamisha, har qanday soxada nazokatli, nafas va dilbar ayolgicha qoladi.
Jadvalidagi vasflar hamisha ham har bir kishiga to’g’ri kelavermasligi mumkin.
Quyida berilayotgan michal 1920 yildan to 2003 yilgacha tuzulgan. Shu bois uni birinchi yil -Sichqondan emas, balki Maymun yili- to’qqizinchi yildan boshlashni maqul ko’rdik. Taqdir hazilini qarangki, «maymun» so’zi arabchada «baxtli»,» ijobiy tasir ko’rsatuvchi» manolarini anglatadi. Nimayam derdik, ushbu muchalnomani o’qiganlarning xammasi ham baxtiyor bo’lsin.