Boshoq (24 avgusdan 23 sentyabrgacha)
Umiy tarif. Bu muchalda tug’ulganlar qattiq tartibga roiya qiladilar, shovqin -suronnni yoqtirmaydilar, ko’chalarda ham odamlar kamroq, tinch joydan yuradilar. Lekin ular doim boshqalar haqida qayg’uradilar, do’stlariga sodiq va ochiq kongillar.Bu muchal sohiblari orasida bo’ydoq va »qariqiz»lar ko’p uchrasa-da, ayrimlari ikki marta oila quradilar.
Ularning jiddiy qiyofalarida aql va maqsad sari intilish aks etadi. »Boshoq» lar boshqalarning kamchiliklarini ochiq-oydin ko’radilar, ammo o’z nuqsonlarini bilishmaydi. Ko’cha-koyda tilamchilik qiladiganlarga sira ham achinmaydilar. Lekin qiyin ahvolga tushub qolgan doslariga chin kongildan yordam beradilar. Ular bekorchi va yolqovlarni yoqtirmaydilar. Odamlardan iqtisodchilik, aniqlik, haqiqatparvarlik, yaratuvchanlikni yuqori boholaydilar. Bu muchalda tug’ilganlar juda sog’lom,ish yuzasidangina asabkasalliklariga duchor boladilar.
ERKAKLAR. Agar siz hissiyotga beriluvchan bo’lsangiz bu muchalda tug’ilgan erkaklar bilan yashab ketishingiz juda qiyin kechadiy. U o’z sevgisini oilasi, do’stlariga bo’lgan yaqinligi bilan ifodalaydi. Mobodo,siz unga o’ta hisiyotli munosabotda bo’lsangiz, unig yonida yig’lasangiz, nimalardir vada qilsangiz bu holdan u ajablanishi va hatto qo’rqib ketishi mumkin. Sevgida u iroda va bordoshni yuqori bohalaydi.
Bu muchal sohibi taqadiriga tan berib yashaydiganlardan. U deyarli hamma narsani tanlab-tanlab yiydi, kiyadi, yoqtiradi… Hatto ayolarni ham tanlab sevadi va bundan zavqlanadi. Siz uni aldashga yoki ustidan kulishga urinmang, o’zingizga yomon bo’ladi.Agar u sizni seva olmasa sirayam mehrini qozonishga intilmang. Shunchaki, do’stona munosabatingiz va (garchi yuragingizda isyon bo’lsa-da) rasmiy muomalaringizning o’zi kifoya. Bu holdan so’ng siz uni qiziqtirmasligingiz mumkin emas.
Mobodo,baxt kulib boqib,muhabbat tangrisining nazari sizga tushsa sira xovliqmang. U sizni sevib qolgan taqdirda ham avvalgi xulqini o’zgartirmaydi.
Agar u sizga sevgi isxor qilsa-yu, siz javobini berishga oshiqmasangiz, u oylab-yillab kutishga tayyor. Etibor bering-a,bunday chidamchilik hech qaysi muchal sohibiga nasib etmagan.
U o’ziga suykli ayol emas, umir yo’ldosh izlaydi,otalik burchini chin dildan bajaradi.Uning sog’ligi haqida qayg’urishingizni yoqtiradi, mobodo siz kasal bo’lib qolsangiz, u butun mehri bilan sizni parvarishlaydi.
Agar u nimadandir xafa bo’lsa, nima uchunligini surishtirmang, chunki baribir aytmaydi.Yaxshisi, uni yolg’iz qoldiring. Hayotingiz davomida bu muchal sohibi bilan baxtiyor turmush kechirasiz. Uning bitta kamchiligi bor, bu ham bo’lsa tanqidga chidamsizligidir. Shuning uchun siz uning xatolarini tanqid bilan emas, shirinso’z va hushmomilalik bartaraf etishingiz mumkin.
Ayollar.Bu muchal sohibasi o’z maqsadlari sari intilib yashaydi.To’g’ri, hamma insonlar o’z maqsadi sari intiladi,lekin bu ayol jarliklarga tushib ketsa ham,tog’u toshdan oshishiga tog’ri kelsa, o’z yo’ldan qaytmaydi. Qoni-qo’shniga gap-so’z bo’lish,eri bilan ajrashib isnodaga qolish yomon, albatta. Ammo ishongan, suyangan, suygan odami tomonidan bir umr aldanib yashash bu ayol uchun dunyodagi eng qimmatlidir.
Bu ayol deyarli hamma bilan (shuningdek, erkaklar bilan ham) do’stona munosabat o’rnata oladi.Bu muchal ayoli hamma muchallar orasidagi aql va xissiyoti mujassamlashgan insondir.