Пн. Мар 17th, 2025
    Buzoq burchi

    Buzoq burchi  (21  Apreldan   21 Maygacha)                                                                                                                                               

    Umumiy tarif. Sigir muchalda tug’ulgan odam baquvatligi, xulqi hamda kamgapligi bilan boshqa muchaldagi odamlardan farq qiladi. Uning tinchini buzish, jaxlini chiqarish qiyin.Ammo, xudo haqi,  asabiylashgudek bo’lsa,uni yolg’iz qoldiring. Faqat yolg’izlik uni bunday tarang xoldan xolos etadi.

    «Sigir» atrofdagilarni o’ziga jalb etishni yoqtiradi. Uning yomon jixati-dangasa va qoloqligida. Bu muchal sohiblari mexmonga borishni emas, mexmon kutishni xush ko’rishadi. Chunki ular o’z uyi, o’z xonasi  sevimli mashg’ulotini sira tark etishni istashmaydi.  Xar qanday o’zgarish uning xafagarchiligiga sabab bo’ladi.

    «Sigir» yerga yaqin bo’lgani sertashvishligi uni toliqtiradi. Shuning uchun u tez-tez toza havoda, tabiat quchog’ida bo’lib turishi kerak. «Sigir» kasal bo’lsa,  tuzalishi qiyin kechadi. Chunki u doktorlarning aytganini bajarmaydi, bu esa uning qaysarligidan dalolat. Lekin  «Sigir» ning chidamliligiga taxsinlar aytsangiz arzidi. U oylab-yillab ruhan va jisman og’ir ishni bajarishi va bu haqda xech kimga nolimasligi sizni xayratga soladi.

    Bu muchal sohiblari oila va do’stlariga o’ta sadoqatli bo’lishadi. Ular kamdan-kam shavqatsiz va o’ch oluvchan bo’ladi.

    Muchal sohiblarining hayotlarida moddiy qiyinchinchilik deyarli uchramaydi.Qizg’anchiqlik, ichiqoralik esa ularga begona.

    Erkaklar. Bu muchal sohibi juda noziktab odam. U ishni juda sekin, extiyotkor, ammo puxtalik bilan bajaradi. Agar unga yoqib qolguday bo’lsangiz, u sizga erishish uchun har qanday qiyinchiliklarni yengishga qodir.

    Sizni orasta va chiroyli kiyintirishga harakat qiladi. Bayram va tantanali kunlarni doim eslab, sovg’alar hadya qilishni unutmaydi.

    U bilan yashash qiyin. Bu muchal sohibi baland ovozli va qo’pol ayollarni sira yoqtirmaydi. U hech qachon ayolni kamsitmaydi, ammo doim erkakdan bir pog’ona past turishi kerak, degan falsafani ilgari suradi. Shuning uchun siz unga o’z fikringizni sindirishga unutmang. Bu harakatingiz uning g’ururiga tegadi.

    Agar siz yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklardan istisno bo’lsangiz, u sizni bir umr sevib yashaydi.Uning muhabbati, mexri va sabr-toqatiga xech kim tegsha olmaydi.

    U ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan kitoblarni, tarixiy xujatlarni,qadimgi zamon asarlarni sevib o’qiydi. Uning uyi doim tinch, osoyishta, saramjon-sarishta bo’lishi kerak. Takidlab o’tish kerakki, u juda qaysar va injiq odam.

    Ayollar. Bu muchal sohibasi latofatli va xushxulqligi bilan ajralib turadi. Bu ayolga chiroyli buyumlar, gullar, ko’ylaklar, shirin va totli taomlar (shuningdek ichimliklar) yoqadi.

    Bu muchal soxibasi erkaklar orzu qilgan har tomonlama go’zal ayoldir. U juda tuyg’ularga boy. Deyarli hamma bilan bir xil munosabatda bo’ladi. O’ziga yoqmagan odamni sira hafa qilmaydi, aksincha unga uchrasmaslikka harakat qiladi.

    Unda ham rash bor. Ammo siz buni sezmaysiz. Chunki u yuragida sodir bo’layotgan insonni atrofidagilarga namoyon etishni yomon ko’radi. U shartaki ayol. Shuning uchun suhbat chog’ida bir necha bor sizga tanqidiy so’zlar bilan murojat etsa, tog’ri tushuning.

    Bu ayolning pazandaligi har qanday erkak uchun «qopqon». U sanatning hamma turini sevadi va ularga to’g’ri baxo beradi. Odamga u o’zining to’g’riso’zligi bilan yoqadi. U ona sifatida ham ajoyib insondir. Bolaliga nisbatan qattiqqo’l, shuningdek, yalqovlik va  betartiblikni yoqtirmaydi. Garchi ko’p ishlasa-da, kam dam oladi. Mexmon kutishni juda-juda yaxshi ko’radi.

     

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *