Chayon burji (24 oktyabrdan 22 nayabrgacha )
Umumiy tarif. Bu muchal sohiblari o’zining yutuqlari va xatolari o’zi nazorat qila oladi. O’z qadr-qimmatini juda yaxshi biladi, o’zi haqidagi fikridan hech kim uni qaytaraolmaydi. Odatda, chayon chaqsa o’limga olib boradi.Shuning uchun ushbu muchalda tug’ulganlar ham garchi tashqi ko’rishidan bosiq ,sipo bo’lsalar-da, xafli odamlardir. Ular nigohi o’tkirligi bilan boshqalardan ajralib turashadi.
Shu bilan birga bu muchal sohiblari qo’rqmas va jasur hamda sodiq do’st hamdirlar.
«Chayon» ni dushmanlari ham xurmat qilishadi. Chunki u yuzingizga bor haqiqatni aytadi. Shuningdek, kimdir unga yaxshilik qilsa albatta, yaxshilik bilan javob beradi. Ammo «Chayon» ga yomonlik qilib, azoblagan kishi hech qachon uning taqibidan qochib qutulolmaydi.
»Chayon» qattiq istirob chekish, og’ir jismoniy ish bajarishdan sog’lig’ini yo’qotadi. U kamdan-kam xastanaladi, ammo kasalligi juda og’ir kechadi. U o’z dardini do’ktirlardan ham ko’ra yaxshiroq biladi. Uni tomog’i, beli, yuragi, qon aylanish sistemalari va oyog’i bezovta qilib turadi. U olovdan, har xil portlashlaridan, radiaksiya nurlaridan extiyot bo’lishi kerak.
«Chayon» lar qaxramon shaxsdirlar. Ular ojizlarni himoya qilishadi, oilasiga sodiq, bolalariga mehribondirlar. Bu muchal sohiblari yo juda pokdomon,sofdil, yo o’taketgan shubxakor bo’lishadi.
Qadimdan aytishlaricha «Chayon» (muchalida) tug’ulishidan bir yil oldin yoki tug’ulgandan bir yil keyin kimdir hayotan ko’z yumarmish. Shuningdek, ushbu muchalda tug’ulgan kishining vofotidan bir yil o’tib yoki u o’lmasdan bir yil avval oilada chaqoloq dunyoga keladi.
Erkaklar.Muchal sohibi juda hissiyotga boy. Tashqi ko’rinishidan bosiq bo’lsa-da, jaxli tez.
Agar uni sevib qolsangiz, juda ko’p qiyinchiliklarga bardosh berishingiz kerak.U hech qachon tuyg’ularini ochiqdan-ochiq namoyon qilmaydi.Sizni ko’pchilik oldida izza qilishi mumkin. Shunga bosiqlik bilan chidasangiz baxtga erishasiz.
Bu muchal sohibini bir ko’rgan odam hech qachon unutmaydi. «Chayon» kishilarning hotirasida yo quvnoq va dilkash yoki jaxldor va kamgap odam kiyofasiga saqlanib qoladi. Uni hech qachon yengib bo’lmaydi.
«Chayon» go’zallik va boylik shaydosi. U hamisha sevib yashaydi. O’zining mustaqilligini qo’ldan bermaydi. uning qarorini hech kim — ota-onasi ham, qarindoshlari ham, eng yaqin kishisi ham o’zgartira olmaydi. «Chayon» sir-sinoatlarga qiziqadi, shuningdek u ham undan hech qanday sir saqlay olmaydi. Turmush qurgandan keyin ham uning avvalgi fel-atvori o’zgarmaydi. U sizni tish-tirnog’i bilan tashqi xujumlardan asraydi. Mobodo unga o’zini yomon tutayotgani haqida etiroz bildirsangiz, u sizga: Men seni ushab turganim yo’q» , deb javob beradi.
Rashq masalasida juda extiyot bo’lishingiz kerak.Begona erkak yonida ko’zingiz pirpirab ketsa ham baloga qolasiz.
«Chayon» mehnatsevar, sofdil qilib tarbiyalaydi. U o’zini hurmat qiladigan ayolni jon-dildan sevadi.
Ayollar. Bu muchal sohibasi go’zal, jozibali, g’ururli o’ziga ishonadigan, irodasi kuchli ayol.
Ular ozodalikni, tartibni yoqtiradi.
U sizni maqtovlarga ko’mmaydi. Chunki bu ayol siz bilan tanshishdan avall ichki hissiyotlaringizni o’rganib chiqadi, qo’rqoqlikni hech qachon kechirmaydi.
«Chayon» birovning sirlariga qiziqsada, o’zi borasida oshkoralikni yoqtirmaydi.
U juda rashkli, siz uchun har narsaga tayyor.Lekin siz o’z rashingizni ochiqdan-ochiq namoyon etmang, gapingiz havoga ketmasligi uchun dardingizni ichingizga yuting.
U baxtlidek yashasada «ichidan pishgan «, o’z qadrini baland tutgan bu ayolning ichki dardlari sirligicha qoladi.»chayon» sizdan ko’rgan yaxshilikgiyu yomonligini ikki hissa qilib qaytarmasa ko’ngli tinchimasligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.