Egizaklar (22 maydan 21 iyungacha)
Umumiy tarif. Bu muchal soxiblari doim ikkilanish tuyg’usi bilan yashaydilar. «Egizaklar» aqilli, qiziquvchan, shu bilan birgalikda qiziqon va asabiydirlar. Ular ish yoki yashash joylarini, o’z qarorlarini va fikrlarini to’satan o’zgartirishlari mumkun. Xatto, bironta kitob o’qimoqchi bo’lsa ham eng so’ngi betidan boshlashlari mumkun.
«Egizaklar» davrda suhbatlarida faol ishtirok etadilar,gapirishni yoqtiradilaru tinglshga toqati yo’q. Dono va aqilli bo’lganliklari uchun har qanday keskin vaziyatlardan osonlik bilan qutuladilar. Tez va aniq fikrlash bobida ularga «qovg’a» gina bas kela oladi .Ularni sevish qiyin, chunki «Egizaklar» o’z qadr-qimmatlarini juda yuqori qo’yadilar.
Qaysi qo’l urmasinlar, ularga omad kulib boqadi .Muchal sohiblarining tasavvur qilish qobilyatlari cheksizdir. Shuning uchun ularning orasida istedodli adabiyotshunoslar, sanatshunoslar ,ilmiy tadqiqotchililar va siyosatchilar ko’plab uchraydi.
Erkaklar. Bu muchal sohiblari istedodli, o’tkir didli suhbatijon, xurmattalab kishilardir. Azbaroyi, yolg’izlanib qolmaslik uchun ular har qanday fel-atvoridagi odam bilan ham shiringina suhbat qurishlari mumkun. Bu muchalda tug’ulgan erkaklar kamgap yoki xaddan tashqari sergap ayollarni yoqtirmaydilar. U sizga bugun
sevgi isxor qilib, ertaga uchrashuvga kelmasligi mumkun. Lekin siz hafa bo’lmang, chunki uning bir qarorga kelishi juda qiyin. Yaxshisi unga qattiq bog’lanib qolmaslikka harakat qiling.
Erkak -» Egizaklar» yangi do’stlar ortirgach, eskilaridan osonlik bilan vos kechadi. Shuningdek, shaxsiy turmushi ham, sharoiti ham, fikrlashi ham tez-tez o’zgarib turadi.
U sizga sodiq bo’ladi, albatta. Lekin siz buni suistemol qilmang. To’g’ri uni ayollar yoqtirishadi, ammo bu-ayollar unga yoqadi degan gap emas.
«Egizaklar» ko’pincha »agar’ ‘lab gapirishadi (agar men sevmaganimda,agar men…)Siz uning tasavvuri mukammal chiqmasligini tushunishingiz lozim.
U bolalarni sevadi. Bitta kamchiligi bor-bu ham bo’lsa, bergan vadasini unutib qo’yish.
Ayollar. Bu muchal sohibalari aqilli, zukko, mehribon, talabchan, hayolparast ayollardir. U bilan birga bo’lsangiz, sirayam zerikmaysiz. Ayol- »Egizaklar» juda o’zgaruvchandirlar. Sizning o’ktamu donoligingizdan hayratlanib, maqtovlar yog’dirayotib bir daqiqaning o’zidayoq, bu fikridan qaytishi, kamchiliklaringizni yuzingizga solib, sizni mulzam qilib qo’yishi hech gapmas. Uning bu »toshbag’irligi» to’g’ri so’zligidan ekanligi tushunsangiz sira ham hafa bo’lmaysiz.
Muchal sohibalari sevsalar chin dildan sevadilar. Ammo buning uchun unga yoqadigan kishi bittayam kamchiliksiz, to’kis bo’lishi kerak. Bunuqson shaxslar faqat ertaklardagina bo’ladi, deysizmi? Adashasiz!Ayol — »Egizaklar» esa ularni hayotdan topa olishadi. To’g’rirog’i, o’zlari kashf etishadi. Agar u siz bilan turmush qursa, hayotingiz davomida har xil ayollar bilan yashayotganday o’zingizni xis qilasiz.
Birinchidan: U har qanday sharoitga moslasha oladi. Uning sevgisi shug’ullanadigan mashg’ulotlariga halaqit bermaydi. Bu ayol o’tkir didli, noziktab, sayru sayohat qilishni xush ko’radi. Har qanday vaziyatda ham unga ishon bilan yondoshingiz mumkun. Ko’pchilik u haqda yengiltak ayol deb, o’ylashlari tabiy. Bu -noto’g’ri ! Ayol -»Egizaklar» hayolotga boy, chuqur aql egasidirlar.
Ikkinchidan: bazida esa u »to’nnini teskari qilib’ ‘olishi, qovushmagan o’jarlik bilan sizni xunob qilishi mumkun. Agar baxslashib qolguday bolsangiz, albatta haqligingizni isbotlab bermaguningizcha unda o’zingizcha nisbatan xurmat uyg’ota olmaysiz.
Ishdan kechikib kelsangiz, qayerda edingiz, deb so’rab surishtirib o’tirmaydi. Ammo siz ham u kechiksa surishtirmang. Uning o’zi ham hayollari singari erkin bo’lishni istaydi.
Uchinchidan: charchasa, ishlariga umuman qo’l urmaydi. Yuviqsiz idishlar, oyoq ostidagi supurgi, kechikan ovqat sizni qanchalik g’azablantirmasin, o’zingizni bosib turing. Koyinmang, hech narsa bo’lmagandek o’zingizning yangi rejalaringiz haqida gapiring. U esa yana avvalgidek uyni chinnidek tozalab ,idshlarni yuvadi, kechikib bo’lsada, o’zi tayorlagan taomlar bilan dasturxon bezaydi.Bu o’tkinchi ,ammo tez-tez bo’lib turadigan holat.
To’rtinchidan: mehribon, quvnoq va mayin tabasumli ona hamdir. Uning tarbiyasidagi bolalar o’z-o’zini boshqarishadi. Bolalarni juda yaxshi ko’rishiga qaramay, ular uchun kam vaqt ajratadi. Bu ayol o’smirlarga sirdosh, bolalarga do’st bo’lib yashaydi.
Beshinchi: U ajoyib beka! Uyingizga kelgan mexmonlar xotiningizning didiga tasannolar o’qiydilar. Dasturxon bezashda unga teng keladigan ayol yo’q. U hamma joyda , har qanday davralarda o’zini erkin tutadi. Siz esa uni qimmatbaxo sovg’alar -atir-upalar, chiroyli ko’ylaklar, mexr-muhabbatingiz bilan taqdirlashga o’rganib qolasiz.