Ilon yili
Ushbu muchalda tug’ulganlarga donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas,ko’p va xo’b fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishini qatiyat bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon ko’rishadi. Tabiatan hotirjam bo’lsalar ham, ishning ko’zini bilib, tez xulosa chiqarishadi. Ular qimorbozlikni o’rniga qo’ya olishmaydi, shu bois bunaqangi ishda tavakkal qilmagani maqul. Judayam omadli kishilardir, lekin ko’pincha ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq bolishadi.
Qarz berishni yomon ko’rishadi, ammo xushlariga kelib qolsa, yordam berishdan bo’yin tovlamaydigan paytlari ham bo’lib turadi. Bo’rtirishga moyillik ularga xos hususiyat, mobodo birovga yordam berguday bo’lishsa, jonlarini ham ayamaydilar, ayni paytda tortinchoq bo’lib qolishadi, natijada , foydalaridan ko’proq zarari ko;proq tegishi mumkin. Binobarin, bunday odamlardan yordam so’rashdan avval o’ylab ko’rish kerak. Aks holda pushaymon qilasiz.
Yostiqdoshlarini o’zlari tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar. Yengiltakliklari oilaviy hayotini qiyinlashtiradi. Nikohsiz aloqalar- bu ularning zaif tomonlari — hayotlarini chigallashtiradi. Faqat oila azolari ko’p bo’lsagina, ularning bu mayliga chek qo’yishi mumkin.
Agar ular o’zlarining eng yaxshi his-tuyg’ularini oilaga bag’ishlay olganlarida edi, umrlari bir tekis va g’m-tashvishsiz o’tardi. Hayotlarining dastlabki davri nisbatan tinch o’tadi. Umrlarining ikkinchi yarmida esa, ortiqcha sertakallufliklari, extiroslarining kuchligi, sarguzashtlarga ishtiyoqmanliklari ko’pdan-ko’p mushkulliklarga duchor etishi mumkin.
- a) xo’kiz, xo’roz; Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi.
- b) sichqon, quyon, ajdarxo, ilon, ot, qo’y; Yil sohibi do’st bo’la oladi.
- v) yo’lbasr, to’ng’iz. Yilsohibi kelisha olmaydi.