Пн. Мар 17th, 2025
    Maymun muchali

                                       MAYMUN YILI

    Bu muchalda tug’ulganlar ko’ngiliga  kelgan ishni qiluvchi, ishoncha sazovor bo’lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo’lib, eng qiyin muomolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim xushyor bo’lib muomila qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bog’lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o’z manfatini o’ylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular hushchaqchaq va iltifotli bo’lib boshqalar to’g’risidagi yurakni ezadigan fikr- mulohazalarni sohta xushmuomilaliklari bilan yashiradilar.

    Ular o’z faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soxa yo’q, bo’layotgan voqealardan hamisha xabardor. Hotiralari judayam kuchli bo’lib, ko’rgan yoki eshitgan narsalarining mayda-chuydasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari batartibligi uchun ham ularga hotira zarur. Ular juda hovliqma

    bo’lib, hamma ishni shu zohotiyoq amalga oshirib qo’ya qolishni xoxlashadi.Arzimas to’siq ham ularning dilini hira qilib , rejalarini buzub yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zohotiyoq uning bahridan o’tishlari mumkin, ko’pchiligi qatiyatsizligi va hatto qo’rqoqligi  bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul ahvolga tushib qolganlarida  ham, unga chap berib qutulib ketishlarini munosib baxolash darkor.

    Ular o’z xoxishlarini amalga oshiradilar. Amalparastlik qonlarida bor. Xech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan bo’lsa-da, o’z niyatlariga erishishga qodirlar. O’z nafslariga qarab ish qilishsa, ko’pincha nom chiqarishadi.

    Faqat ular odamlarga malol kelishi mumkin bo’lgan maxmadonagarchiliklardan o’zini tiyishi lozim. Garchi bazi qiyinchiliklar bo’lib tursa ham, umuman olganda, iqtisodiy jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq -muhabbat bobida baxtga erishishlari qiyin. Chunki, ular extirosli bo’lib, juda tez oshiq bo’lib, ko’p o’tmay mashuqalaridan ko’ngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi mumkin.

    1. a) ajdarxo, sichqon;                                    Muchal sohiblari, umir yoldosh bo’la oladi
    2. b) quyon, qo’y, it, maymun;                      Muchal  sohiblari, do’st bo’la oladi
    3. v) ilon, to’ng’iz, yo’lbars.                            Muchal sohiblari, kelisha olishmaydi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *