Пн. Мар 17th, 2025
    Ot yili

                                                   Ot yili

    Ushbu muchalda tug’ulganlar dongdor, mo’tabar, xushtabiat va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig’inlarni yoqtirishadi. Ko’pincha, yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi bo’lib yetishishadi. Garchi bazan ko’p gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Hamma sohada ishlari yurishadi, ko’zga tashlanib turishadi, boshqalarning fikrini darrov uqib olishadi. Tabiatan mustaqil fel-atvorga ega bo’lib, maslahatlarga quloq solishmaydi, hayollariga nima kelsa, shuni qilishadi. Ko’pincha bu xol boshlagan ishlarining barbod bo’lishiga olib boradi.

    O’zlariga ishonishadi, qadrlarini bilishadi. Shu yilda tug’ulgan erkaklar esa ayollarga befarq qarashmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unitishadi. Hizmat vazifalarini mustasno etganda, boshqa hamma sohaga bor kuch va extiroslarini kuchga solishga harakat qilishadi. Boshqa jinsdagi kimsa bilan munosabatiga suyaklari yo’q, ishq- muhabbat yo’lida hatto hamma narsadan ham voz kechishlari mumkin.

    Shu bois boshlab qo’ygan ishlarini ko’pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, kimda-kim o’zlarining bu zaif illatlarini yengib, extirosdan  aqlni ustun qoya olishsa, baxtli bo’lishi  va muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida bo’lishadi. Ular ko’zdan g’oyib bo’lishlari bilanoq, oilaning baxt-saodati puchga chiqadi. Bazilari yoshlikdan oilani tashlab ketishlari extimolidir, lekin bu xol ko’ngilsizlik yuz bermay o’tmaydi. His-tuyg’ular sohasida ham ularning hayoti joshqindir. Keksaygan chog’larida tinch va hotirjam kun kechirishadi.

    1. a) yo’lbasr, it, qo’y;                                                  Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi
    2.  b) ajdarxo, ilon, maymun, xo’roz;                       Yil sohibi do’st bola oladi
    3. v) sichqon.                                                                 Yil sohibi kelisha olmaydi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *