Пн. Мар 17th, 2025
    qovg'a burji

                                     Qovg’a burji (21  yanvardan 18 fevralgacha)

    Umumiy tarif. Serhisiyot va tasirchan , odamiyligi bilan kishini o’ziga tortadi, yaratuvchanlika ishtiyoqi baland. U haftalab dangasalikka berilishi, lekin bir oylik ishni bir haftadayoq bajarib qo’yishi mumkin. Bachkanalik, mutassiblik unga mutlaqo begona. Undagi ishonchsizlik o’tkinchi holat bo’lib , uning o’rnini hotirjamlik va tashabuskorlik egallashi mumkin. Bu muchaldagilar bilan kutilmagan tasodiflarga tayyor bo’lish kerak. Tabiatan ochiq-bosiq va yaxshi odam bo’lgan «Qovg’a» lar jamoatchilik fikriga qarshi fikr bildirishdan zavq oladilar, dunyoqarashi tor odamning  jig’iga tegishni yoqtiradilar. Hayolingizga ham kelmagan paytda, siz hatto o’ylab ko’rmagan ishni qilib, lol qoldirishlari hech gapmas. Masalan, mehmonga yalangoyoq kirib kelishi…

    Bir paytlar sizni jonidan suygan «Qovg’a»,bir umrga do’st bo’lib qolaylik, deb ham taklif qilaveradi. U soddayam emas, o’zini aqlli ko’rsatishga ham tirishmaydi.

    Sabrsizlik bilan sizni bilishga ,sirlaringizdan voqif bo’lishga intiladi. O’sha sirli odam siz bo’lib qolganingizni bilsangiz-da, bu sizga malol kelmaydi. Chunki siz «Qovg’a» bilan o’z  yolg’izligini unutasiz. Uni siyosat qiziqtiradi,sport kuchiga kuch qo’shiladi,bolalar o’ziga tortsa, tarbiyalash rohat bag’ishlaydi.

    Gohida uning hayotida azobli yo’lg’izlik damlari ham bo’ladiki, shunday paytlarda u hech kimni ko’rinishni istamaydi. Ammo idrokchilik uning boshqa muchallarga qaraganda chuqur va o’tkir aql egasi ekanligidan darak beradi.

    «Qovg’a» lar ham doim tanishlari, do’stlari va bo’layotgan voqealarni tadqiq qilishdan charchamaydilar. Bazan uning to’g’ridan-to’g’ri ko’zingizga qarab : hatto o’ta shaxsiy ishingiz haqida so’rashidan noqulay  axvolda qolishingiz mumkin.

    Uning sizni tashlab, boshqa bir «qiziqroq» odam bilan ketishi siz uchun  albatta azob. Ular do’st tanlashda soniga emas, sifatiga ahamiyat beradilar. Shu bois, ularning do’stlari ko’p emas. Ammo ularga keyingi bekatdagi taqdir qiziqarliroq tuyulaveradi. U bilan orangizda sovuqlik tushsa, isitishga urunish behudadir. Mobodo, siz uning yuragiga ozgina bo’lsa-da, iz qoldira olgan bo’lsangiz, u bir kun , albatta , oldingizga qaytib keladi.

    Bu muchal  buyuklar muchali ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki daholarning qariyib 70 foizini shu muchalda tug’ulgan. Ammo ruhiy kasalxonalarda davolanuvchilari ham»Qovg’a»lardir.

    «Qovg’a» sizga ishonch bildirdimi tamom, unga orani buzuvchi  hech bir g’iybat gaplar tasir ko’rsatmaydi.

    «Qovg’a»ning kasalligi ko’pincha qon aylanish sistemasi bilan bog’liq. Ular qishda sovqotib ,yozda dim havodan azob chekadilar. Qariganlarida vena qon tomirlarining kengayishi, tromboflebit bilan og’rishlari mumkin. Shuningdek, ularning to’piqlari nimjon bo’lib,qon aylanishining yomonligi tufayli  og’rishi,tomoq og’riq, tez-tez bezovta qilib turadi. Shu bois «Qovg’a» larga toza havo , uyqu va jismoniy  harakat juda zarurdir. Afsuski, ular eshik-derazalarni berkitib, ko’rpaga o’ranib oladilar. Aqliy mehnat oqibatida yuzaga keluvchi kuchli asab zoriqishidan miriqib uhlolmaydilar.

    «Qovg’a» lar yolg’on va aldoqchilikni, qarz olib qarz berishni yomon ko’radilar, o’tkinchi hoyu xavaslarni farqlaydilar.»Qovg’a» insoniyatning orzu niyatlari mujassam bo’lgan muchaldir.

    Erkaklar. Iltimoslar bilan birovlarning joniga tegaverishni yoqtirmaydigan bu muchal erkaklari bosiq va kamtarindirlar. Ular baxtsizlikda ham tushkunlika tushib, nolimaydilar,xissiyotlarini oshkor qilmaydilar. Badavlatllik va faqirlik, muvaffaqiyat  va omadsizlik visol va  ayriliq — hamma -hammasi undan begona emas.

    U birovlarning yuragiga qo’l solishni xush ko’rishadi. Muhabbatda  ham,do’stlikda ham uning sizga munosabatini tushunishingiz mushkul. Ammo hecham achiqlanmang, har qancha extiyotkorlik qilmasin uni  «qarmoqqa» ilintirishingiz mumkin.

    Uning qiziqishlari xilma-xildir. U har bir odamda o’ziga xoslikni ko’radi va shu bois bazi birovlarga o’xshash tanishlari barmoq bilan sanarli emas. U ko’pchilikning tashvishi turganda o’zinikini butunlay unutadi. Bu bevosita uning ishqiy dunyosiga ham taalluqlidir. Sizga o’z muhabbatini tuhfa etib turib, boshqalarning ham bu olamda borligini unutmaydi. Shunga qaramay siz boy va go’zal  ichki olamingiz, sabr va bardoshingiz idodangiz bilan uni o’zingizga maftun qila olishingiz mumkin.

    U joyda yumshoq va yoqimtoy bo’lib ko’rinsa-da, uning bu yuzaki bosiqkigi homhayolidir. Erkak «Qovg’a» ayollar tomonidan qilinadigan murasani hech ham ko’taraolmaydi. Jaxli chiqanda «Qovg’a» sizni noqulay axvolda qoldirishingizdan xijolat chekmaydi. Lekin negadir siz uni buning uchun kechirasiz. Aslo bunday qilmay va bir martadan ortig’ini kechirmang!

    «Qovg’a» ozodalikni jonidan sevadi. Chunki u mikroblar va kasalliklardan juda qo’rqadi. Shu bois pardozingizdan ko’ngli bexuzir bo’layotganidan shikoyat qilsa, ajablanmang. U allaqanday sovg’alar bilan mashuqasini hayratga solishdan ko’ra, o’z qo’li bilan uzib olgan gullarni xadya qilmoqni afzal ko’radi. Gavharu mo’ynali polto olib bermasa-da, u bilan gozal turush kechirasiz.

    «Qovg’a» xos xususiyatlardan biri shuki, u oila qurishni nikohlanishni iloji boricha orqaga suradi. U orani ochish oson bo’lishi uchungina shunday qiladi. Uning uchun do’st-ayol ayni muddaodir. U siz bilan manaviy do’stlik deb ahyol qiladi. Nikohni orqaga surdirishni hammaning joniga tekuncha davom etiradi va oxir-oqibatada baribir uylanadi. U o’z takliflarini  sizga kutilmaganda aytishi mumkin. Xudo xaqqi uzoq o’ylab o’tirmay rozi bo’ling! Aksincha, hazillashib o’ylab ko’raman, desangiz o’sha zoxotiyoq, «unda keling do’st bo’lib qolaylik» deb yuborishi ham turgan gap. Uning uchun xotinning eng asosiy vazifasi ovqatni vaqtida tayyorlab, erining ust- boshidan habardor bo’lishdir. «Qovg’a» lar yaxshi tinglovchi bo’lganliklari uchun bolalar unga jon-jon deb, dillarini ochadilar.

    Ayollar. Bu muchalda tug’ulgan ayollar oxangrabodirlar. Hamisha o’zgarib turishi tufayli ko’pgina kechinmalarni boshdan kechiradi. Erkak muchaldoshlari singari u ham mehnatkash bo’lib , ammo qattiq tarbiyaga toqat qilolmaydi. Xar qanday sohani ham gullatadi. U nozokatli, yaxshi raqosa va suxbatdoshdir. Erta turmushga chiqsa-da, kamdan-kam baxtli bo’ladilar.

    U bilan yaxshi munosabatda bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda o’z qiziqishlari va do’stlariga o’ralashib yurishga imkon bering. Uni hech qachon uy ichiga butunlay bog’lab qo’yishga urinmang. Chunki «Qovg’a» ning

    orzulari biz bilan siznikidan boshqacharoq; uni boshqalar sezmagan yorug’ bir yulduz hamisha chorlab turadi.

    Pul hech qachon bu ayollar uchun eng muhim emas.U sizni boyligu martabangizdan ko’ra, o’ktamu donoligingizni yuqoriroq qoyadi. Qachonki uni taqdiringizga sherik qilmoqchi qilmoqchi ekansiz,esingizda bo’lsin, u o’ziga sodiq bo’lmagan erkaka hech qachon butun umrini baxshida etmaydi.

    Mobodo, siz extirosli ayol deb «Qovg’a»ni tanlasangiz, adashasiz. U muhabbat jismoniy sevgiga ko’pam axamiyat berilmagandagina go’zaldir, deb hisoblaydi. U jamiyatning har qanday tabaqasiga hayratlanarli tarzda moslasha oladi. Har narsaga ham shubha bilan qarayverish unga begona. Qayoqqa ketdingiz, deb ishxonangizga xufyona qong’iroq qilib hech qachon sizni uyaltirmaydi. Ammo siz buni suistemol qila ko’rmang.

    U hamisha ichidagini aytavermasligi sababli hisiyotlarini ochiq so’zlamasligi   mumkin. «Qovg’a»ning muhabbati aql bilan qalb birikmasidir. O’ziga o’xshagan ana shunday odamni uchrata olsa baxtli bo’ladi. Uning sezgilari aldamaydi, keyinroq bo’lsa-da, aytgani to’g’ri chiqadi. O’rta asrlarda bu muchalda tug’ulgan ayollarni bashoratchilar, deb bejiz aytishmagan.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *