Пн. Мар 17th, 2025
    qoy burji

           Qo’y yili burji (21 martdan 20 aprelgacha)

    Umumiy tarif. Bu muchalda tug’ulganlar o’zlarining to’g’ri so’zligini va qiziqqonligi bilan boshqalardan ajralib turadilar. O’z fikrlarini hammadan yuqori, birinchi o’ringa qo’yishadilar va hech qachon bu bilan boshqalar noqulay axvolga tushib qolishlari mumkunligini o’ylamaydilar. Ular hech qachon yolg’iz gapirmaydilar, shuningdek g’iybat qilishni yoqtirmaydilar.

    Ularning do’stlari qancha bo’lsa, dushmanlari ham shuncha. Hamma  «Qoy» bugungi kun bilan yashashadi, kechagi kun ularga saboq bo’lolmaydi. Ular uchun o’tayotgan hozirgi daqiqa, hozirgi vaqt muhumdir.

    O’z ishlaridagi muvaffaqiyatsizliklarni tan olishni istamaydi. Ular sershovqin,sertashvish hayot kechiradilar. Ko’pincha ularning orzulari royobga chiqmasada, boshqalarni baxtli qila oladilar va bundan quvonib yashaydilar.

    Erkaklar. U sabrsiz, qo’rqmas va o’ziga  ishonuvchan odam. Lekin o’z istaklarini amalga oshir uchun faqat o’zini o’ylab, boshqalardan juda ko’p narsani talab qiladi.

    «Qo’y» xayolot dunyosiga boy ,ruxan tetikdir. Uning xotirjam qiyofasi isyonkor yuragini berkitib turuvchi niqob, xolos.

    Bu muchalda tug’ulgan, Qo’ylar juda ishonuvchan bo’lishadi, shuning uchun ham ko’pincha odamlardan ko’ngillari qoladi. O’zgalarga yaxshilik qilishni yoqtirishadi va buning udasidan chiqishadi ham.

    Sevgi bobida «Qo’y» juda sadoqatlidir. U kitobiy muhabbat sari intiladi. U borlig’i’ bilan sevadi va sizdan ham shuni talab qiladi. U sizni hammadan yaxshiligingizga ishon xosil qilishi kerak.

    Bu muchal sohibi atrofidagi ayollar bilan juda ochiqko’ngil muomilada bo’ladi. Ammo hayolingizga boshqa fikrlar kelmasin, chunki u hech qachon sizni unutmaydi, xatto sizga umuman aloqasi bo’lmagan suhbatlar chog’ida ham sizni yodida tutadi.

    «Qo’y» ayorlikni yomon ko’radi. Bu muchalda  tug’ulgan erkaklar doimo birinchilardan bo’lishni istaydilar. Agar sevsangiz ortidan yurmang, undan uzoqlab ham ketmang, ammo bari bir u sizni sevishingizni bilishi kerak.

    «Qo’y» bolalari bilan juda yaxshi muomilada bo’ladi. Bunday ota haqida orzu qilish mumkun. U bosh egib yashashni istamaydi. Shuning uchun u bilan bo’lgan, buyruqomus muloqotingiz natijasiz qolsa ajablanmang.

    Ayollar. Bu muchalda tug’ulgan ayollar juda g’ayratli va qiziquvchandirlar. Erkaklardan marxamat kutish ularning tabiatiga zid.

    Bu muchal sohibasi hammavaqt birinchilardan bo’lish, yetakchilik, boshqaruvga moyillik kuchki. U juda ishchan, hatto erkaklarning ishlarini ham bajaraveradi. Shuning uchun bu muchalda tug’ulgan har qanday ayol doimo o’z sevimli kasbiga ega.

    Sevgi bobida bu ayol xayolparasroq. U erkaklarda tariflangan bohodirlarni kutib yashaydi. Agar baxt kulib boqib, bu ayollning nazari sizga tushsa, siraham hovliqmang. Undan uzoqlab ketmang, u sizni unutib yuborishi mumkun. Lekin har kuni uning visoliga intilaverish ham yaxshilika olib kelmaydi. Bu ayol sizning haqiqiy mardonovor, qo’rmas, zakovatli erkak ekanlingizga ishon hosil qilmaguncha siz bilan dildan muloqotda bo’lmaydi.

    Mobodo u sizni sevib qolsa…Uning xulq-atvori erkaklarcha bo’lsa hamki, ichki dunyosi buning aksi. Siz uning sevgisini quvonishga muvaffaq, bo’lsangizgina ayollik nazokatini, nafosatini, mehr-muhabatini xis etasiz. U sizga birinchi o’zing tyg’ulari haqida gapiradi. Xa-xa, u siz atmoqchi bo’lgan gaplarni -dil izhorini kutilmaganda aytadi. Uning muhabbati shunchaki taniqki, shu tuyg’ularini bezab-burkamay, oddiygina sizga yetkazadi.Lekin siz undan extiyot bo’ling.

    Bu ayollning rashki juda kuchli. Undan hech narsani sir tutib bo’lmaydi, bundan u qattiq jazavaga tushishi mumkun. Siz hech qachon dugonasini maqtamang, bu bilan siz uni yuragini jaroxatlaysiz. U sevgan kishini tanqid qilishni aslo hayolingizga keltirmang. Sizning jamiyatdagi o’rningiz  «Qo’y»  nazarida turadi. U siz bilan faxrlanib yurishni  istaydi. Uni hamma vaqt  himoya qilishingiz lozim, yo’qsa sizni bir umr kechirmaydi.

    Beka sifatida u uyini har doim sarishta tutudi. Oilaviy hayot, onallik unga baxt  keltiradi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *