Пн. Мар 17th, 2025
    qo'y yili

                                           Qo’y   yili

    Mazkur yilda tavallud topganlar nafis sanatlar sohasida qobilyatlidirlar. Ular qaddi-qomatlari kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolari bo’lgan kishilardir. Xulq-atvori yoqimli, gap so’zi , o’zini tutishi oqilona, shunday bo’lsa-da, tabiatan  injiq, hardamhayol, hamisha nimadandir zorlanib, o’z taqdirlaridan nolishadi.Odatda hudojoy  bo’lib, turli hayoliy va o’ta tabiy narsalarga qiziqishadi. Umuman, bular  raxmdil va muhtojlarga borini berishga tayyor turgan juda yaxshi odamlardir. Baxtga qarshi, baham ko’rmoqchi bo’lgan narsalari ko’pincha o’zlariga tegishli bo’lmaydi. Shuni aytish kerakki, ularga xususiy mol-mulkka nisbatan hech qanday orzu-havas yo’q. Hayot kechirishlari, odatda o’zlariga emas, boshqalarga, ko’pincha, omadlariga bog’liq bo’ladi.

    Nimaiki-yaxshi yo yomon yuz bersa, ularning aybi bilan sodir bo’lmaydi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko’rsatishni yomon ko’rishadi. Itoatgo’y bo’lib yaratilganliklari uchun raxbarlik ishlarini udalay olishmaydi. Ularda did va istedod bor. Bir paytning o’zida  texnik va artislik mahorati qo’shib olib boriladigan ishlarni qoyil-maqom qilib bajarishlari mumkin. Lekin hech qachon asosiy vazifani bajarishmaydi. Tijorat ishlaridan o’zlarini olib qochishlari kerak, chunki layoqatsiz sotuvchi, savdogar bo’lishadi.

    Gaplari ko’pincha poyma-poy bo’lib, fikrlarini qiylanib tushuntirishadi, goh tez, goh sekin, bazan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida ko’plab ishq-muhabbat muammolariga duch kelishadi va ulardan biri fojiya bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksaliklariga qaraganda yaxshi kechadi, ammo his-tuygulariga qattiq tasir ko’rsatadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan g’am-tashvish chekishmaydigan va maslahatgo’ylari bor bo’lgan «quling o’rgilsin o’tloqda»  «Qo’y » ning omadi yurishadi.

    1. a) quyon, to’ng’iz, ot;                                    Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi
    2. b) yo’lbars, ajdarxo, ilon, qo’y;                   Yil sohibi do’st bo’la oladi
    3. v) xokiz, it.                                                      Yil sohibi kelisha olmaydi.

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *