Tog’ echkisi burji (22 dekabrdan 20 yanvargacha)
Umumiy tarif. Aqlli, qaysar felli. U muchallar orasida ham manan , ham eng sabrli, jismonan bardoshli va chidamlisidir. Kamgap, kamsuqum, izzattalab. Davr xaqiqati bilan yashaydi, ishni ishtiyoq bilan bajaradi o’z qadrini biladi. Odam uni qadam-baqadam, pog’onama- pog’ona boshlaydi. Misilsiz chidam va o’jarlik bilan g’ovlarni yengib boradi.»Tog’ echkisi»ni hech narsa gangitib qo’yolmaydi va o’z yo’lidan qaytaraolmaydi. «Tog echkisi» ni hamisha birinchi bo’lish va izzat-nafsini qondirish mumkin bo’lgan jamiki soxalarda uchrarish mumkin. Ular o’zlariga etiborni qaratmaydilar.Hatto dastlab ularni payqamaysiz ham. Musobaqada g’olib chiqish uchun «Tog’ echkisi»da hech qanday imkoniyat yoqdek tuyuladi. Ammo, maraga va ayni zamonda g’alaba shohsupasiga ham birinchi bo’lib u yetib keladi! U bilan olishish amalda behuda va befoydadir.
«Tog’ echkisi» yuksalish yo’lida o’zinidan o’zib keta oladigan har bir odamni chuqur hurmat qiladi . U muvaffaqiyatni, izzatni, xukmronlikni ulug’laydi va ananalarni qardlaydi. O’zini ko’ra olmasliklariga, olifta yoki ikkiyuzlamachi, deb atalashaliriga parvo ham qilmaydi.
»Tog’ echkisi» dunyoqarashlarini o’ylamasdan aytib yuborib, keskin tanqidiy fikr bildirsa-da, dushman ortirib qo’yishdan donolik bilan saqlana oladi.Ko’p hollarda u sizning fikringizga qo’shilgandek tuyuladi,bu ko’rinishdagina shundoq.»Tog’ echkisi» zimdan otiladigan toshlar va to’siqlardan juda extiyotkorlik bilan o’tib keladi va shu bois ham kamdan-kam qoqiladi.Ularning ko’zlari yulduzlarga emas, tog’riga — yo’lga qadalgan.Oyoqlari ham erda mustahkam turadi. Rashk , ehtiros , qiziqqonlik,dangasalik va beg’amlik — bularning hammasini «Tog’ echkisi» maqsad yo’lidagi to’siq, deb hisoblaydi, mayli boshqalar shularga giriftor bo’lib qolaversinlar. U bunday odamlarni oson tushunishi, ularning muafaqqiyatsizligiga achinishi va yana o’z yo’lida xotirjam ketaverishi mumkin. Albatta, hayolparast «Tog’ echkisi «lari ham bor. Ammo ular extiros ko’zlarini ko’r qilishiga yo’l qo’ymaydilar.
«Tog’ echkisi» sizni hurmat qilishni xoxlasangiz shart-sharoyitlarga roiya qilishingizga to’g’ri keladi. U hech qachon oshkor sahnalar uyushtirmaydi va o’z hissiyotilarini namoyon etmaydi. U albatta, o’z ajdodlarini va kattalarni hammadan yuqori ko’yadi. Yoshga va tarbiyaga hurmat- unga xos hislatlardan biri. Ko’pincha qariganida yoshligida ulgurmagan ishni bajarishga urunadi.»Tog’ echkisi»jamiyatda mavqega ega bo’lmagan odamni suyib qolishi extimoldan yiroqdir.U o’ylamay-netmay turmush quradiganlar toifasidan emas. Aksincha , uzoq va sinchko’vlik bilan unga tayyorlanadi. Qarindoshjonligi tufayli unga tug’ulganlaridan qandaydir meros qoladi.
Siz uning bu hislatlarini tamagirlik ilinjidagi muomila, deb atashingiz mumkin. Ammo «Tog’ echkisi » tanangizda yelka qisib qo’ya qoladi: chunki u tabiatan shundoq samimiy va beg’araz. Imkoniyatga bu muchalda tug’ulganlarning eshigini uzoq taqillatib turishga to’g’ri kelmaydi. Go’yo u hamisha shu imkoniyatni kutib turadi.
Bu muchaldagilar bolaligida nimjonroq bo’ladi. Ammo vaqt o’tishi bilan ularning kasallikka qarshiligi ortib boradi. Tabiatan xushyorlik va uzoqni ko’ra bilish uning chidamini charxlaydi. Lekin shunga qaramay, ular har doim ham doktirxonalar va dokritlardan qochib qutulolmaydilar. Chunki qo’rquv va bezovtalik mikroblaridan ham xatarlidir. Har qanday yordam, shifo, taskin-tasalli ruxan cho’kish xafining oldini ololmaydi.
Bu muchalda tug’ulganlar juda ko’p vaqtlarini ochiq havoda o’tkazishlari va o’zlariga yashash ishtiyoqini oshirishlari lozim. Etibor bergan bersangiz, «Tog’ echki» larining deyarli barchasining terilari tasirchan bo’ladi. Shuningdek, oshqozon, kasaligi chalinish ehtimoli bo’lib, eng zaif joylari suyak va bo’g’imlar hisoblanadi. Hayolparastlik oqibatida bosh og’rig’i, buyrak hastaliklari va ruhiy kasalliklarga chalinishi mumkin. Mobodo ruhiy holatlaridan kelib chiqan mudatli kasallikdan xolos bo’la olsalar, juda uzoq umr ko’radilar.
Erkaklar.Bu muchal sohibi juratsiz, shu bilan birga juda ham kuchli hamdir. U yolg’izlikni avzal ko’radiganday tuyuladi, aslida esa unday emas. Ko’pincha uni tushunish qiyin bo’ladi. Bazida kutilmagan bazi-bir hati-harakatlari bilan sizni hayratga solishi mumkin.
«Tog echkisi» hech qanday maqtovlarsiz ham tinch yashayotganday ko’rinsa-da, biroq u sizni, go’zal qaddi qomati kelishgan, aqlli, deb maqtashlarini juda-juda istaydi. Lekin sirtdan bu narsa namoyon bo’lmaganligi uchun ham uni kamdan-kam maqtashadi.
Uning onasi haqorat qilsa qo’rqmang, sizga yoqmagan taqdirda ham qarindoshlariga sovuq muomilada bo’lmagan bu xol yaxshi oqibatga olib bormaydi, u sizni aslo kechirmaydi.
Bu muchal sohiblari boshqa erkaklarga nisbatan kechroq sevishadi. Ular qatiy bir qarorga kelmaguncha uylanishmaydi.
Ular tanlagan ayol, mehribon ona, ajoyib uy bekasi did bilan chiroyli kiyinadilar, aqlli va yaxshi tarbiyalangan bo’lishi kerak.
Bu muchal sohiblari bolalarni juda sevishadi. Bolalari unga hurmat bilan qarashlarini va so’zsiz itoat qilishlarini talab qiladi. U ham bunga javoban bolalariga mehribon va o’z manfatlaridan ham kechadi.
Ayollar. Bu muchal sohibasi o’ziga xos hususiyatga ega : yoshi ulg’ayishi bilan uning go’zaligi oshib, jozibali bo’lib boradi. 35yoshga kirganida 18 yoshdaligiga nisbatan ko’proq erkaklarga yoqadi.Lekin hamma ham uning ko’nglini topavermaydi.
«Tog’ echkisi «-ayolning hisiyotlaridan biri -yaxshi tarbiya ko’rganligi va o’zini tuta bilishidir.
Bu ayol ajoyib jozibadorligi, go’zalligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Lekin uning o’zi bundan shubxalanib yuradi. Doim unga go’zal ayol ekanligini takidlab turish kerak. Unga uylangan erkak uning oila azolarini ham o’z zimmasiga oladi. U qarndosh-urg’lari va yaqinlariga nisbatan juda mehribon, ajoyib uy bekasi, go’zallikni hamda tabiatni sevadi.
Bu muchal sohibasi bolalarni sevadi va ularning tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. Ular totuv yashashadi.Uning terisi tasirchan bo’lganligi uchun ham ko’pda bo’yanavermaydi. Lekin tabiat unga boshqa ayollarga nisbatan uzoq yillar davomida saqlanib qoladigan tabiy go’zallik ato etgan. U o’ta qaysar. Lekin hech qachon qiyinchiliklardan nolimaydi. U sizni muvaffaqiyat qozonishga undashi shu bilan birga mehr ko’rsatishi mumkin. Nozik hislat egasi bo’lishiga qaramay, u sizni qanday qilib laqillatishni yaxshi biladi.