Пн. Мар 17th, 2025
    to'ng'iz yili

                                           To’ng’iz yili

    Bu muchalda tug’ulgan mardonovor fel-atvori, odob-nazokat, hizmatga shaylik, nozik tabiatlilik boshqalardan ajralib turadi. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, chunki ular xiyonat qilishmaydi. Nimayki ishga vada bersalar, qo’llaridan kelganicha bajarishadi.Chekinish va taraddudlanishini bilmagan holda, faqat to’g’ri yo’lni tanlashadi. Bular vijdonli va mard kishilardir. Ayni paytada, do’lvor, ishonuvchan va himoyasiz kishilar bo’lib, ularning dilini og’ritmoq oson. Boshqa kishilar bilan til topishishlari qiyin, ammo o’zlarining barmoq bilan sanarli do’stlarini hech qachon og’ir axvolda qoldirishmaydi, umr oxirigach ularga sodiq bo’lishadi.

    Moddiy jihatdan taminlanganlariga kelsak, to’ng’iz yilida  tug’ulganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablag’ni topa olishadi. Lekin hadan tashqari ishonuvchanliklari va beg’amliklari tufayli ishlari yomon tus olishi ham mumkin. Shu bois doimo extiyotkor bo’lishlari va hech kimga ishonmasliklari lozim. Ko’pincha yaxshiliklarini suistemol qilib, zarar yetkazuvchi kishilar topiladi. Shunga qaramay, ular yordamdan yuz o’girmasligi kerak. Yaxshi o’yinchi bo’la turib , musobaqaning ruhiy holati hech kim payqamaydi.

    Birovni aldaganlarida ham, faqat ilojlari qolmaganda va o’zlarini himoya qilishlari uchungina yolg’on gapirishadi. Ular beg’am ko’rinsalar-da, aslida irodali va o’jardirlar. O’ylagan niyatlariga erishish uchun butun kuch-quvatlarini ishga solib intilishadi. Tabiatan baquvvatlar- ularning kuch-quvvatiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning »yaxshi» va »yomon» tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yonveridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilolmayotgandek tuyulishadi. Xaqiqatda esa bunday emas, ular o’z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq vaqt mulohahaza yuritishadi.

    Ushbu yilda tug’ulgan ayollar sovg’a-salom qilishni, shod-hursandchiliknixush ko’rishadi. Ular yaxshi ona va oqilona uy bekasidir.

    1. a) quyon,qo’y;                                                                              yil sohibi umir yo’dosh bo’la oladi
    2. b) sichqon, yo’lbars, xo’kis, ajdarho, hokiz, it, to’ng’iz;      yil  sohibi do’st bo’la oladi
    3. v) ilon.                                                                                           yil sohibilan kelisha olmaydi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *