Torozi burji (24 sentabrdan 23 oktabrgacha)
Umumiy tarif. Bu muchal sohiblari o’zlarining yoqimtoy, jozibali, ochiqko’ngilliklari bilan boshqalardan farq qiladilar. Chiroyli kiyinishni, mehmon kutishni va mehmonga borishni to’y-xashamlarni xush ko’radilar. Seva olish qudrati tufayli har qanday qiyinchilikni yengadilar.Ularning bitta yomon tomonlari shundaki, o’zlarini sprtli ichimliklardan,shirin taomlardan tiya olmaydilar. O’z fikrlarini birovga yoqsa-yoqmasa ochiq-oydin aytaveradilar, hatto yuqori lavozimdagilarga ham ochiqdan- ochiq tanqidiy «xujum» qiladilar.Shartaki bo’lganliklari uchun ham o’z boshlariga ko’p g’ovg’olar orttirib turishadi.
Bu muchal sohiblarining kayfiyati tez-tez o’zgarib turadi. Albatta, bu holat ularning suhbatdoshiga ham o’z tasirini o’tkazadi.Agar u jilmaygudek bo’lsa,qarshisidagi har qanday bag’ri tosh odamning ham chehrasi yorishadi.Ular go’zallik shaydosidirlar.
Erkaklar.Bu muchal sohibi sevgi bobida juda kuchli bo’ladi. Uning atrofida doim chiroyli qizlar,ayollar bo’ladi.Unga ikkilanish hissiyoti doim har qanday keskin vaziyatlarda ham ustun keladi. Masalan, sizga sovchi qo’yishga qo’yib,ota-onangizning olsa hamki,»uylansami yo yo’qmi» degan o’y uni tark etmaydi. Ammo sizni sevsa undan qutulish qiyin…
Ushbu muchalda tug’ulgan erkaklar hech qachon ayollarga bo’lgan mehr- muhabbatini so’ndirmaydilar. Sevgisi aldagudek bo’lsa, ko’p aziyat chekmaydi, aksincha,u sizni tez kunda unitib yuboradi. Hayota o’z juftini topish uchun qiyin kechadi.
U sizning sirlaringizga uncha qiziqish bildirmaydi. Hatto ko’z oldida nimalar sodir bo’layotganiga ham aqli yetmay qoladi.Lekin atrofida sodir bo’layotgan voqealarni doim «maqul» va »nomaqul» ga chiqadi.
U shovqin -suronni yoqtirmaydi. Agar siz uyingizni va o’zingizni sarishta tutsangiz, bir kunmas bir kun eringizning eng oliyjanob insonligini tushunib yetasiz.
Ayollar. Nihoyatda chiroyli va jozibalidir.Bu ayol bilan bir marta suhbatlashgan kishi bilan bir umrga tatiguvchi saboq olganday bo’ladi. Aslida ham shunday.Garchi bu muchal ayoli maslahat berishni yoqtirmasa-da, ko’p narsaga aqli yetadi.Bu ayolda hech kimda uchramaydigan ajoyib xususiyat bor: maslahat tinglashni yoqtiradi.
Bu muchalda tug’ulgan ayolning katta lavozimlarda ishlashga tug’ma layoqati bor. Hayotdagi keskin o’zgarishlar, taqdirning ayovsiz zarbalari uni sirayam esankiratib qo’ymaydi. U faqat maqsad sari intilib yashaydi.
Bazida shunday holatlar beradi-ki, har narsaga aqli yetgan ayol birdan eng oddiy narsalarga go’yo tushunmayotgandek atrofidagilarning jig’iga tegib savollar yog’diradi. Bunday paytlarda unga qarshi biron so’z aytguday bo’lsangiz naqt baloga qolasiz. Chunki bu ayol aql bovor qilmaydigan aqidalarni hayotga tatbiq etish mumkinligini isbotlab bera oladi.
Oilada asosiy o’rinni u egallaydi. Ammo turmush ikir-chikirlarning deyarli hammasi shu ayollning yelkasida bo’lsa hamki, umr yo’ldoshini juda xurmat qiladi,o’zidan yuqori qo’yadi. Pul jamg’arishni va iqtisod qilishni biladi. Arzimagan miqdordagi maoshga ko’p narsa harid qila oladi.
Bolalari hamma qatori yashaydi . Bu ayol bolalariga ham, o’ziga ham chiroyli kiyimlar harid qila oladi. Uyi esa orombaxsh makon!
Oilada har narsaga ulguradi,saramjon-sarishta beka bolalariga qattiqqo’l mehribon ona.
Bu ayol bolalarini jon-dildan sevgani uchun ham ularning arzimagan harhashalari sababini erinmay aniqlaydi.Qizlari qatorida o’g’illari ham uy yumushlarini bo’lib beradi.Lekin asosiy yumushlar o’zining zimmasida.
Bu muchal sohibasining hotirasi juda mustahkam. Hatto boshqalarining etiboridan cheta qoladigan narsalarga ham diqqat bilan qaraydi. U sizni ko’pchilik oldida aslo qiyin ahvolga solib qo’ymaydi. Shuni bilingki, u eng sahibjamol va aqlli ayoldir!