Xokiz( sigir) yili
Bular sabr-toqatli, kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fel-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo’lsa-da, aaql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobilyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilxom kelganda gapdon bo’lib ketishadi. Ular jismoniy jixatdan baquvvat,hayotning achiq-chuchugini totishga bardoshli. O’zlariga qarshilik ko’rsatilishini yoqtirishmaydi, o’jar va boshlagan ishi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bunga chidolmay o’zlarini qo’yarga joy topaolmay qolishadi. Yaxshisi, ularga qarshilik ko’rsatmagan maqul; kimda-kim ular yo’liga to’g’onoq bo’lsa, falokatga yo’liqadi.
Xar holda, ular jaxli tez va kayfiyatini buzadigan har qanday yangilikka dushmandir. Bular xukmini o’tkazadigan, ayni paytda urf-odatlar, rasm-rusumlarga, aqidalarga ixlosmand kishilardir. Savdo-sotiq va ijtimoiy munosabatlarda past- balandni yaxshi ajrata olishmaydi, sihat-salomatligiga tasir ko’rsatadigan, osoyishtaliklarini buzuvchi, yani safar qilish yoki ish joylarini o’zgartirish bilan bog’liq kasblar ularga tog’ri kelmaydi.
Afsuski , o’jarligi va eskilik tarafdori bo’lganligi tufayli kamdan-kam odam ularning fel-atvoriga tushunib yetadi. Turmushlariga oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko’rib, ular bilan faxrlanishadi, biroq buyruq berishga o’rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qopollik qilib turishadi. Shunga qaramay, xo’kiz yilida tug’ulganlar o’z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin bo’lib, o’z oilalari uchun judayam jon kuydirishadi, oila ravnaqi uchun uni qatiqqo’llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko’pincha o’z izimlarida tutushadi.
Usbu yilda tug’ulgan aksariyat er-xotinlar xushmuomila, sadoqatli,hisiyotli bo’lishi mumkin, lekin sira hoyolparas bo’lishmaydi.
Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo bartaraf eta olishsa ,qarilik gashtini hotirjam suraverishadi.
- a) ilon, xo’roz, sichqon; Yil sohibi yo’ldosh bola oladi
- b) ajdarxo, quyon, maymun, to’ng’iz, xo’kiz; Yil sohibi do’st bo’la oladi
- v) qo’y. Yil sohibi kelisha olmayd