Yoy burji (23 noyabrdan 21 dekabrgacha)
Umumiy tarif. Bu muchal sohiblari odamshavandaliklari, do’stono munosabatlari, to’griso’zliklari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular birdan qattiq gapirib,bir oz ranjitib qo’yishlari mumkin. Lekin aslida beg’araz, ko’ngillari oq bo’ladilar. Bunday paytda ulardan hafa bo’lmang, chunki yomon niyatlari bo’lmaydi. «Yoy»lar xuddi olti yashar boladek dili pok soddadil bo’ladi .Ular tinib-tinchimaydi, hayvonlarni, sportni sevishadi, xavf-hatardan qo’rqmaydi. Doimo hursand bo’lib yuradi, ortiqcha takallufni yoqtirmaydi,qiyin axvolda qolganda ham birovga madad tilab yalinmaydi.Nopoklikda ayblashlariga chiday olmaydi.
»Yoy» lar ayniqsa ularni insofsizlikda ayblashganda toqat qilolmaydi. Mobodo birov bilan janjallashib qolsa uzr so’rashga harakat qiladi.Safarni yaxshi ko’radi. Xuddi yosh bolaga o’xshab hayot qiyinchiliklarga parvo qilmaydi, lekin masulyatni sezadi.
Bu muchalda tug’ulganlarning ko’pincha jigari,oyog’i va qo’llari kasallika uchraydi. Sportda shikaslangudek bo’lsa ham kasalxonada ko’p yotmaydi. Kasallikni yengishga harakat qilib, tez orada sog’ayib ketadi.
«Yoy»lar ertaga bugungidan ham yaxshi bo’ladi,deb umid bilan yashaydi. Birorta ayolga bir ko’rgandayoq oshiqi beqaror bo’lib qoladi, lekin darrov ko’ngli soviydi ham.
«Yoy»lar nuqsoni-ichkilikni yaxshi ko’radi. Sir saqlashni bilmaydilar. Ammo har qanday og’ir vaziyatdan osonlik bilan chiqadi. Xotirasi aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi bo’ladi. Ismlar, kunlar, raqamlar va ikir-chikirlarni juda yaxshi eslab qoladi. Lekin poltosini qayerda qoldirganini eslay olmaydi. Sahiy qalb va xushchaqchaq. Doimo maqsadiga erishadi.
Erkaklar. Bir xillari bosiq, o’ylab gapiradigan bo’ladilar. Yoqimtoy, xushchaqchaq, kuch-g’ayratli, mart bo’ladilar, ayollarga yoqadilar. Boshqalari olim, siyosatchi dono bo’ladilar. Ular ham doim nohaqliklar bilan kurashib yashaydilar. Xushchaqchaq, odamohunligiga qaramay , o’ylagan narsalariga erisha olmay mayus yuradilar.
Erkak-«Yoy»ning g’alati odatlari odamni tajubga soladi. U hammaga ishonadi,soddadil bo’ladi.Xayolparasligi ham bor. Imkon boricha maqsadiga erishishga harakat qiladi.
U nohaqlikni yomon ko’radi, taqdir zarbalaridan darrov o’ziga keladi. U chin dildan beg’araz maslahat, tanbex beradi.
Aybi, o’ylamay ish qilib qo’yadi,etiborsizligi ham bor. Xuddi kamon o’qidek to’g’ri , o’ylaganini gapiradi. U uylanadi, lekin extiyot bo’lib muomila qilib yashamasangiz ,turmushingiz buzulib ketishi hech gap emas. Tamomi chiroyli ayollarga qarab to’ymaydi, lekin uni rashk qila ko’rmang. O’ziga qo’yib qo’ying. Ortiqcha savollar bermang,tashlab ketaman deb qo’rqitmang. Bolajon, ayniqsa bolalari kattaroq bo’lganda parvona bo’ladi. Ko’proq o’g’ilariga mehri baland bo’ladi. Sizni qanchalik koyimasin, dilingizga ozor bermasin, bir kuni kelib, hammadan ham sizni sevishini aytadi.
Ayollar. Bu muchalda tug’ulgan bir guruh ayollar harakatchan, to’g’riso’z, sportchi bo’lib, oilaviy hayotga juda qiyinchilik bilan moslashadilar. Boshqalari gozal,aqlli,nazokatli, sanat shaydosi, kitobsevar bo’ladilar.U dilingizdagini topib gapiradi.
O’zining xisiyotlarini ochiqdan-ochiq aytavermaydi. Issiq istarasi, shirinso’zligi bilan maxliyo qiladi. Hech qachon yolg’on gapirmaydi.Tinib-tinchimaydi. Himoyaga muhtoj bo’ladi. Buyruqqa toqati yo’q. Dilidagi tiliga chiqadi. Ruhan birdan sizni sevib qolib, ich-ichidan o’rtansa ham buni bildirmaydi. Birovga ham yorilmaydi. Juda xalol, pokiza,saramjon-sarishta, tamli ovqat, bejirim kiyimlarni,safarni yaxshi ko’radi, pulga davlatga xirs qo’ymaydi. U vijdonli, xalol erkakni yaxshi ko’radi. Farzandlariga juda mehribon. Mehmondo’stlikda ularga teng keladigani bo’lmaydi. Qalbi juda nozik. Ayollik latofati doim mujassam bo’ladi. U eriga sadoqatli bo’ladi, ishonadi va qattiq sevadi.