Ср. Апр 23rd, 2025
    sichqon yili

                                                 Sichqon yili

    Ushbu muchalda tug’ulganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardir. Bir qarashda hotirjam va bosiq ko’rinishsa-da, bunga ishonmaslik kerak, chunki ular asabiyligu tajovuskorliklarini yashirib turishadi. Ularning tajangligi, jonsarakligi,qiziqqonligini bilish uchun olisdan turib moloqotda bo’lishni o’zi kifoyadir. Bu yilda tug’ulganlar tejamkor, boylik yig’ishga ixlosmanddir. Tejamkorliklarini faqat biror narsaga ishqibozlik yoki buyuk muhabbatgina yoddan ko’tarishi mumkin. Bazi birlariga och   ko’zlik ham xos. O’zlari  yoqtirgan odamlargagina qo’llari ochiq.

    Ular janjalkash, shu bilan birga turli-tuman tartibsizlik va to’s-to’polon chiqishiga sababchi bo’lishadi. Chaqma-chaqarlikni xush ko’rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois xaqiqiy do’stlaridan ko’ra tanish-bilishlari ko’p. Hech qachon hech kimga ishonmaydi, g’am- tashvishlarini tanxolikda o’zlari tortadilar. Bundan tashqari, hamma narsadan manfat ko’rishga, foyda topishga intiladi. O’z  xusn- tarovatlarini ishga solib, undan juda ko’p foydalanishadi. Xech narsa bilan qanoatlanishmaydi, huzur- halovatlarini yo’lida har qanday paskashlikkacha yetib borishadi.

    Ayni paytda kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo’lmaslik uchun, tejab-tergashni orzu qilishadi. Odatda, biror ish qiladigan bo’lishsa, muvaffaqiyat qozonib, ko’zlagan maqsadiga yetishishadi. Shunga qaramay, mehnat bilan emas, balki mug’ombirlik bilan kun kechirini avzal ko’rishadi. Jismoniy ishlardan ko’ra aqliy mehnat bilan bog’liq ishlarini bajonidil bajarishadi. Baxtga qarshi, yiqqan pullarini orqa-o’ngiga qaramay shu zohotiyoq sarf qilib qillishadi. Bu yilda tug’ilgan ayollar esa o’z molparasliklari bilan ajralib turishadi. Keksayganda tinch hayot kechirishadi.Shunga qaramay, o’z raqiblarini nazardan qochirmasligi , diqqat bilan kuzatib turishi lozim. Chunki beg’amliklari baxtsizlikka olib borishi mumkin.

    1. a) ajdarxo, maymun,xo’kkiz;                       Yil sohibi umir yo’ldosh bo’la oladi
    2. b) ilon, yo’lbars, it, to’ng’iz, sichqon;         Yil sohibi do’st bo’la oladi
    3. v) ot.                                                                  Yil sohibi kelisha olmaydi

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *